$ man tuzat

Qo'llanma

Platformadan unumli foydalanish. Kerakli bo'limga o'ting va mashqni boshlang.

# tez boshlash

Avval tushunchani o'rganasiz, keyin sinaysiz, so'ng ishdagi kabi incidentni tuzatasiz.

1 · o'rgan

Qisqa dars. Buyruqlar nima qilishini tushunib, terminalda sinab ko'rasiz.

2 · sinov

Savollar va amaliy vazifalar. Javobni belgilaysiz, yozasiz yoki muhitni o'zgartirasiz.

3 · tuzat

Haqiqiy ishga o'xshash incident. Sababni topasiz, tuzatasiz; server natijani tekshiradi.

Tavsif va kutilgan natijani o'qing. Alomat → taxmin → tekshiruv → bitta o'zgarish → natija. Yechgach tahlil bilan solishtiring.

# terminal

Har sessiyada alohida, internetga chiqmaydigan muhit ochiladi. boshlash bilan vaqt yuradi. tugatish muhitni yopadi; qayta mashq yangi muhitdan boshlanadi.

Tab
Buyruq yoki fayl nomini to'ldiradi
↑ ↓
Oldingi buyruqlar bo'ylab yuradi
Ctrl+C
Ishlayotgan buyruqni to'xtatadi
Ctrl+L
Ekranni tozalaydi

Telefonda: pastdagi Tab, Esc, Ctrl va yo'nalish tugmalaridan foydalaning. Dars va terminal orasida o'tish muhitni yopmaydi.

# ball va hint

Hujjatlar bepul. Maslahat yordam beradi, lekin olinadigan ball kamayadi. Vaqt o'tishining o'zi ball bermaydi.

o'rgan
O'qish va erkin mashq
0 ball
sinov
To'g'ri tekshirilgan vazifa
vazifaga qarab
tuzat
Birinchi muvaffaqiyatli yechim
kartadagi ball
hujjatlar
Rasmiy hujjat havolalari
bepul
maslahat 1
Qayerdan izlashni ko'rsatadi
−10%
maslahat 2
Yechimga yaqinroq yo'nalish
−25%

Foizlar qo'shilmaydi: eng yuqori ochilgan maslahat hisoblanadi. Ikkalasi ochilsa −25%. Sinovda tayyor yechimi ochilgan qadamga ball berilmaydi. Qayta yechish takroriy ball bermaydi.

# nishonlar

Shartlari ochiq. Incidentlar alohida sanaladi; qayta mashq yangi tuzatish sifatida qo'shilmaydi.

Nishonlar yuklanmoqda…

Seriya Toshkent kuni bo'yicha hisoblanadi: har kuni bitta muvaffaqiyatli tuzatish. Qayta mashq ham kunni hisobga oladi, qayta ball bermaydi. Olingan nishon seriya uzilganda saqlanadi.

# bug xabari

Platformadagi xatoni topdingizmi? Xabaringiz tekshirilib tasdiqlansa, Bug fixer nishoni beriladi. Issue ochishning o'zi yetarli emas.

  1. Muammoni takrorlash qadamlarini yozing.
  2. Kutilgan va haqiqiy natijani solishtiring.
  3. GitHub’da skrinshot qo'shib, xabarni yuboring.

Xabar public bo'ladi. Parol, token yoki shaxsiy ma’lumot yubormang. Skrinshotni GitHub oynasida qo'shasiz.

GitHub akkaunti kerak

Qoralama ochiladi. GitHub’da Submit new issue bosilgach xabar yuboriladi.

Savollar uchun Telegram guruhi; yangiliklar uchun kanal. Maxfiy xavfsizlik muammolari: [email protected].

# ssenariy taklifi

Hayotda uchragan muammo yoki mashq g‘oyangiz bormi? Vaziyatni yozing. Tayyor lab bo‘lishi shart emas; taklifni birga ishlab chiqish mumkin.

Taklif ommaviy bo‘ladi. Haqiqiy parol, token yoki mijoz ma’lumotlarini yozmang.

GitHub akkaunti kerak

Qoralama ochiladi. GitHub’da Submit new issue bosilgach taklif yuboriladi. Bu uni saytda avtomatik nashr qilmaydi.

# savol-javob

Parol kerakmi?

Yo'q. GitHub, Google yoki Telegram orqali kirasiz; platformada parol saqlanmaydi.

Terminal nega internetsiz?

Muhit mashq uchun ajratilgan. Kerakli fayl va vositalar tayyor; tashqi xizmatga ulanish talab qilinmaydi. Rasmiy hujjatlarni brauzerda ochishingiz mumkin.

Sinov qanday tekshiriladi?

Variantni tanlash javobni yubormaydi: tekshirishni bosing. Matnli javobni Enter bilan ham yuborasiz. Amaliy vazifada server muhit holatini tekshiradi. Natija ko‘rinib turadi; keyingi qadamni o‘zingiz ochasiz.

Yordam kerak bo'lsa nima qilaman?

Avval hujjatlarni o'qing, keyin maslahatni oching. AI’dan tushunmagan tushunchani so'rang; tayyor buyruqni ko'chirishdan oldin o'zingiz taxmin qilib tekshiring. Yechgach nima uchun ishlaganini tushuntirib ko'ring.

Progress yo'qolib qolsa?

Tekshirilgan natijalar akkauntingizda saqlanadi. Shu akkauntga kirganingizni tekshiring. Muammo qolsa, lab manzili va bajarilgan qadamlar bilan bug xabari yuboring.

Profilim hammaga ko'rinadimi?

Reytingdagi ism, ball va olingan nishonlar ommaviy profilda ko'rinadi. Terminalingiz va yechim buyruqlaringiz ommaviy profilda ko'rsatilmaydi.